Ertaga Toshkentning ayrim hududlarida gaz bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Ertaga, 28 dekabr kuni ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchtepa tumani, Chilonzor 23-dahasi Xirmontepa ko‘chasi markazidan o‘tgan o‘rta bosimli yer usti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, Chilonzor 21 va 22-dahalari, “Farhod”, “Foziltepa” ko‘chalari va “Villa” dahasidagi aholi xonadonlari, Chilonzor 21 va 22-dahalaridagi xususiy korxonalar, 238-son maktab, basseyn qozonxonasi, Chilonzor 22 dahasidagi “Doka xleb”, Chilonzor 21-dahasidagi tuman prokuraturasi, “Foziltepa” ko‘chasidagi YOXX va mazkur hududdagi 10 ta ulgurji iste’molchilari, “Katta Xirmontepa” va “Farhod” ko‘chalaridagi jami 17 ta ulgurji iste’molchilari, soat 11:00 dan 16:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi. 

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgazta’minot” AJ ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing