Ertaga Toshkentdagi ayrim yo‘llar yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 2 aprel kuni Toshkentning Olmazor tumanida “Ajdodlar matonati va jasorati - avlodlar uchun namunadir!” shiori ostida 5300 metrga ommaviy yugurish marafoni o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Sport tadbiri soat 9:00da Toshkent tibbiyot akademiyasidan boshlanadi va 11:00gacha davom etadi. Finish nuqtasi – Toshkent davlat texnika universiteti.

Marafon vaqtida Olmazor tumanidagi quyidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi:

•    H. Azimov ko‘chasidan Shifokorlar 1, 2, 3 ko‘chasigacha;
•    Shifokorlar 1, 2, 3 ko‘chasidan Mirzo G‘olib ko‘chasigacha;
•    Mirzo G‘olib ko‘chasidan Muxbir ko‘chasigacha;
•    Muxbir ko‘chasidan Universitet ko‘chasigacha.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yo'l

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing