Ertaga Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 22 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan ayrim ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan harakat cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirni yuqori saviyada va xavfsiz tashkil etish maqsadida 22 may soat 16:00 dan 21:00 gacha Toshkent shahrining qator ko‘chalarida vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlarda harakat vaqti-vaqti bilan cheklanishi mumkin:

  • Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
  • KXAY–Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
  • KXAY–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha.
  • Nurafshon–Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha.

Haydovchilardan oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirish so‘raladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing