Ertaga Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha berkitiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 18 oktyabr kuni Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

18 oktyabr kuni Toshkentda Talabalar yugurish marofoni o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan soat 10:30dan 11:30 gacha Bunyodkor shoh ko‘chasi dublyor yo‘lining Adiblar hiyoboniga kirish qismidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida, Islom Karimov ko‘chasining Beshyog‘och va Sheriyat bog‘i ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismida, Sheriyat bog‘i ko‘chasining “Paxtakor” stadionigacha bo‘lgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent marafon ko'cha

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing