Ertaga Senatning 11-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi
Jamiyat
−
05 yanvar 2021
4004Ertaga, 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yalpi majlisda dastavval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi muhokama qilinadi.
Yalpi majlis videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladi.
Shuningdek, senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlarini ham ko‘rib chiqadilar.