Ertaga Rossiyaning ikkita shahridan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga olib kelinadi

Jamiyat

image

Ertaga, 3 iyul kuni Toshkent – Novosibirsk – Toshkent va Toshkent – Qozon – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha charter reyslarlar amalga oshiriladi. 

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi. Aynan mana shu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Avval ta’kidlanganidek, ro‘yxatga, birinchi navbatda, bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

“Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda. 

Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

charter reys

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing