Ertaga Prezident tadbirkorlar bilan uchrashadi

Jamiyat

image

Ertaga, 20 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mahalliy tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti o‘tkaziladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida o‘tkaziladigan muloqotda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 avgust kuni Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuviga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgandi.

Yig‘ilishda tadbirkorlardan 13 ming 500 dan ortiq taklif va mulohazalar kelib tushgani qayd etilgandi. Tadbirkorlar ko‘targan 12 mingdan ziyod shaxsiy masalalarning yarmidan ko‘pi Prezident uchrashuvgacha hal etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing