Xitoy Eronga koronavirusga qarshi kurash uchun 290 ming dollarlik gumanitar yordam yubordi
Olam
−
11 mart 2020
6016Xitoy Eronga mamlakatda tarqalgan koronavirus epidemiyasini yengish uchun insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda TASSning Yaqin Sharq tinchligini rivojlantirish jamg‘armasi bosh kotibi Chen Sinxuey ma’lum qildi.
"Eron xalqiga koronavirus epidemiyasi tufayli kelib chiqadigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam berish uchun bizning jamg‘arma “Masofa do‘stlikka ta’sir qilmaydi” umumdavlat xayriya dasturini boshladi. Ushbu aksiya mamlakat aholisi va kichik hamda o‘rta biznes vakillaridan ijobiy javob oldi. Biz Eron xalqiga yetkazish uchun boshimizdan kechirgan barcha qiyinchiliklarga qaramay, 1,6 million yuan (290 ming dollar) atrofidagi kerakli mahsulotni yig‘ib oldik", dedi tashkilot bosh kotibi.
Chen Sinxueyning ma’lumotiga ko‘ra, 1 mingga yaqin himoya to‘plamlari, tibbiy niqoblar, dezinfeksiyalash vositalari va boshqa mahsulotlar Eronga topshirilgan.
"Ko‘plab xitoyliklar eronliklarga g‘amxo‘rlik qilishga va ularga har tomonlama yordam berishga tayyor", deya qo‘shimcha qildi u.
Eron koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha Xitoy va Janubiy Koreyadan keyin uchinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda hozirgacha 8 042 nafar kishida koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etildi Ulardan 291 kishi bu kasallik sabab vafot etdi.
LiveBarchasi