Ertaga poytaxtning 4 ta tumani gazdan uzib qo‘yiladi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2023
7315Ertaga, 6 oktyabr kuni Toshkent shahrining 4 ta tumani tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ertaga quyidagi 4 ta tumanda yashovchi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
• “Dilbuloq” MFY – aholi xonadonlari soni - 582 ta, ulgurji iste’molchilar soni - 11 ta.
Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
• “Posira” MFY – aholi iste’molchilari soni - 450 ta, 1 ta AGTKSH (Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari).
Bektemir tumani (soat 11:00 dan 15:00 gacha):
• “Yik ota” MFY – yerli xonadon soni - 1940 ta, ulgurji iste’molchilar soni - 36 ta.
Sergeli tumani (soat 14:00 dan 17:00 gacha):
• “Farog‘atli” va “Xonobodtepa” MFYlari – yerli xonadon soni - 304 ta, ulgurji iste’molchilar soni - 5 ta.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida kuzatilgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, o‘tgan oyda ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatda tizimga 111 mlrd 428 mln so‘m zarar yetkazilgan.