Ertaga ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
22 iyul 3732 3 daqiqa
Ertaga, 23 iyul kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 32–34 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 31–36 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zgidromet joriy yilning 22–24 iyul kunlari Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi