Ertaga ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 3 yanvar kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0+...2 daraja, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi va yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...0 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushib, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...0 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing