Ertaga ob-havo 34 darajagacha isiydi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet ertaga, 22 may kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja, ba’zi joylarda 34 darajagacha bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing