Ertaga meteorit bo‘roni bo‘lishi e’lon qilindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Qrimlik astronom Aleksandr Yakushechkin ertaga, 31 may kuni Yer aholisini o‘ta shiddatli meteorit bo‘roni kutayotganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

“31 may kuni ertalab yerliklarni ajoyib manzara kutmoqda — haqiqiy meteor yomg‘iri, meteoritlar soni soatiga 10 mingtagacha yetishi mumkin. Meteorit faolligining kuchayishi taxminan ikki soat davom etadi, hisob-kitoblarga ko‘ra, uning maksimal vaqti soat 06:30 da (Toshkent vaqti bilan soat 08:30)”, degan Yakushechkin. 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa eng yaxshi g‘arbiy yarimsharda, Shimoliy Amerikada kuzatiladi. 

Yakushechkinning qo‘shimcha qilishicha, meteoritlar asosan zaif va xira bo‘ladi, shuning uchun hodisani shahar tashqarisida kuzatish maqsadga muvofiqdir.


Maqola muallifi

Teglar

meteorit bo'roni

Baholaganlar

2432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar