Ertaga magnit bo‘roni kuzatiladi

Foydali

image

30 oktyabr kechasi hamda 31 oktyabr kun davomida Toshkentda G3 darajaga ega 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatiladi. “Meteonova” portali ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Ertaga, 31 oktyabr kuni kechasi magnit bo‘roni o‘zining passivroq holatiga qaytadi.

Qayd etilishicha, magnit bo‘ronini ob-havo o‘zgarishlariga ta’sirchan, qon-bosim, nerv-asab kasalliklarga ega kishilar yaqqol sezadi.

Magnit bo‘roning G3 darajadagi yuqori faolligi kun davomida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.

Avvalroq, Quyoshda X sinfiga kiruvchi kuchli chaqnash bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Chaqnash oqibatida Quyoshdan chiqqan moddalar Yerga yaqinlashsa, magnit bo‘roni kuzatilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

335

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing