Ertaga KXSHTning navbatdan tashqari sessiyasi bo‘ladi. Unda Putin ham qatnashadi

Olam

image

Ertaga, 28 oktyabr kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot Matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiya davomida Armaniston-Ozarbayjon chegarasida vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan joriy yil 15 sentyabrda KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi qaroriga binoan Armanistonga yuborilgan KXSHT missiyasi ishining natijalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, Armaniston Respublikasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. 

Ayni paytda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham videokonferensiya orqali KXSHTning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

KXShT

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing