Ertaga KXSHT Mudofaa vazirlari Minskda yig‘iladi 

Olam

image

Ertaga, 25 may kuni Minskda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) Mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin raisligida o‘tadigan yig‘ilishda KXSHT Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov va KXSHT Birlashgan shtabi boshlig‘i Anatoliy Sidorov ishtirok etadi.

Yig‘ilish ishtirokchilari KXSHTga a’zo davlatlarning jamoaviy xavfsizlik mintaqalarida harbiy xavfsizlikka tahdid va xavflarni, shuningdek, inqirozga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qiladi.

Uchrashuvda KXSHT kollektiv xavfsizlik tizimi kuchlari va vositalarining qo‘mondonlik-nazorat organlari va qo‘shinlarini birgalikda tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik va boshqa masalalarni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 1992 yil 15 mayda Toshkentda Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi bilan KXSHTga asos solingan. 2012 yil 28 iyun kuni rasmiy Toshkent O‘zbekistonning KXSHTga a’zoligi to‘xtatilgani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan nota yuborgan, o‘sha yilning 19 dekabrida O‘zbekistonning KXSHTdagi ishtiroki rasman to‘xtatilgan. Hozirda unga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a’zo hisoblanadi. KXSHTga a’zo bo‘lgan mamlakatlar aholisi 193 835 249 kishi (2021), tinchlikparvar kuchlar esa 3600 kishini (2022) tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Minsk Tojikiston Qirg'iziston Armaniston Belarus' KXShT Mudofaa vazirlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing