Ertaga Quyosh 45 darajagacha qizitadi
Bu qiziq
−
11 iyul 2023 6057 2 daqiqa
Ertaga, 12 iyul kuni respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat esa 45 darajagacha issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 39-41 darajada issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 40-45 darajada issiq bo‘ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ammo, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-32 daraja iliq, cho‘l hududlarda 35 darajagacha issiq, kunduzi 40-45 darajada issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 darajada issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 40-45 darajada issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 37-42 darajada issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham havo biroz bulutli bo‘lishi, ba’zi joylarda o‘zgarib turishi kutilmoqda. Ammo baribir yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 darajada iliq bo‘ladi.