Ertaga qayerlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi aytildi
Bu qiziq
−
21 yanvar
19423O‘zgidromet ertaga, 22 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hafta o‘rtasiga borib O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi