Ertaga ba’zi hududlarda havo harorati 22 darajaga tushadi
Bu qiziq
−
14 avgust 2023
10504Ertaga, 15 avgust kuni Respublika bo‘ylab kunduzi 36 darajagacha issiq, kechasi esa 21 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.
LiveBarchasi