Ertaga ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
15:11 735 3 daqiqa
Ertaga, 11 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi