Ertaga ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
04 Oktabr
11867O‘zgidromet ertaga, 5 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi