Ertaga ayrim hududlarda -25 daraja sovuq bo‘ladi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 25 fevral kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning ayrim hududlarida -25 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° sovuq, kunduzi 3-5° sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq; Ustyurtda kechasi 20-25° sovuq, kunduzi 13-18° sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 10-15° sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

694

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing