Ertaga ayrim hududlarda havo harorati -7 darajagacha pasayadi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 17 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi 0...+2, kunduzi +11...+13 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘irgachilik kuzatilmaydi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sni tashkil etadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -7...-2 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing