Ertaga Oy tutiladi

Bu qiziq

image

Ertaga, 8 noyabr kuni Yer aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – Oy tutilishini kuzatishi mumkin. Bu haqda "Starwalk" nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha,  bunday holat Yer Quyosh va Oy oralig‘idan o‘tayotganida yuz beradi. Aynan shu vaqtda Yerning soyasi Oyni to‘sib qo‘yadi. Ushbu hodisa to‘liq Oy tutilishi deb ataladi. Oy tutilishi davomiyligi taxminan 85 daqiqa bo‘lib, afsuski, bu tabiiy hodisani Yer sharining o‘sha vaqtda tun bo‘lgan qismlaridagina kuzatish mumkin.

Oy tutilishi uchta bosqichda bo‘lib o‘tadi, bular – Oyning yarim, qisman va to‘liq tutilishi bosqichlaridir.

O‘zi umuman, Oyning yarim tutilish bosqichi Toshkent vaqti bilan 13:02 da, to‘liq tutilish bosqichi esa 15:16 da boshlanadi. Bu fazalarni O‘zbekiston aholisi ko‘ra olmaydi.

Biroq to‘liq Oy tutilishi 16:41 da tugab, yana qisman tutilish bosqichi boshlanganida, buni O‘zbekiston hududidan ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Qisman tutilish bosqichi 17:49 gacha davom etadi, so‘ng yarim tutilish bosqichi boshlanadi va 18:56 gacha davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 oktyabr kuni Quyosh tutilishi hodisasi sodir bo‘lgandi. Hodisa O‘zbekistondan ko‘ringandi.

Samandar Haqqiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing