Ertaga 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi

Sport

image

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Ertaga, 30 oktyabr kuni to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi bahslarda ishtirok etadi. Dastlab Nodirjon Mirzahmedov (48 kg) irlandiyalik Rikki Nesbitga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:15 da boshlanadi.

Dastlabki bahsda raqibi ringga chiqmagani sababli jangsiz g‘alaba qozongan 80 kg vazndagi Odiljon Aslonov italiyalik Simone Fioriga to‘qnash keladi. Ushbu bellashuv soat 19:15 da start oladi.

Harbiy bokschilar o‘rtasida Jahon chempionati sovrindori Mujibullo Tursunov soat 22:00 dan boshlab (63,5 kg) yaponiyalik Taiga Imanaga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Shuningdek, ilk bosqichda Slovakiya vakili Lukas Fernezaga imkoniyat qoldirmagan Saidjamshid Jafarov (75 kg) ham yaponiyalik Yuito Morivaki bilan soat 23:45 dan so‘ng ringga chiqadi va o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalarining ertangi bahslarini yakunlab beradi. 


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Mujibillo Tursunov Odiljon Aslonov Saidjamshid Jafarov Nodirjon Mirzahmedov

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing