Ertaga havo 43 darajagacha isiydi
Bu qiziq
−
16:43 1619 2 daqiqa
O‘zgidromet ertaga, 1 avgust kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24–26 daraja, kunduzi 38–40 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22–27 daraja, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 30–33 darajagacha, kunduzi 38–43 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 36–41 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 36–41 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet bugun, 31 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqqan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanishi, shuningdek, oyning ilk kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, keyinchalik esa 3–5 darajaga pasayishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi