Ertaga havo harorati qanday bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda 12 iyun kuni asosan quruq va issiq ob-havo saqlanib, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi hamda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Prognozga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3–8 m/s tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–22 daraja, kunduzi 34–36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi, ba’zi hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham quruq ob-havo saqlanib, kunduzi havo 34–39 darajagacha isiydi. Kechasi esa harorat 18–23 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent viloyati, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzgi harorat 34–39 darajagacha ko‘tariladi. Havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5–10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida esa ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi, momaqaldiroq paytida 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Shu bilan birga O‘zgidromet 11–12 iyun kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing