Ertaga ham metan “zapravka”lar odatiy rejimda ishlaydi

Jamiyat

image

Ertaga, 23 dekabr soat 10:00 dan 16:00 ga qadar O‘zbekiston bo‘yicha barcha metan “zapravka”lar odatdagi rejimda faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona vodiysida metan “zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Buning asosiy sababi – gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash hisobga olinadi. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda metan “zapravka”larning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barcha sohalarda barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar faoliyati cheklanishi boshlangani ma’lum qilingan edi.

Bugun, 22 dekabr kuni esa soat 10:00 dan 16:00 ga qadar respublika bo‘yicha barcha metan “zapravka”lar odatdagi rejimda faoliyat yuritdi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing