Ertadan velosipedda harakatlanish ham taqiqlanadimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ertaga, 5 apreldan boshlab ko‘chalarda velotransport vositalaridan foydalanish man qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unday cheklov o‘rnatilishi tasdiqlanmadi. Ushbu xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

"Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan joriy yilning 5 aprelidan boshlab Toshkent shahrida velosipedlarning harakatlari to‘xtatilishi haqidagi mish-mishlar soxta ekanligini ma’lum qilamiz. Karantin cheklovlari bilan bog‘liq haqiqiy axborotni e’lon qilishda rasmiy manbaalarga tayanishingizni so‘raymiz", deyiladi IIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida vahima tarqalishiga sabab bo‘ladigan yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin kelosiped

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing