Ertadan O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib keladi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2025 76157 1 daqiqa
Ertaga, 18 oktyabr kuni shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17 oktyabr kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 23-28 darajani, shimolda 20-25 darajani tashkil etadi.
18 oktyabrda shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kunduz kunlari asta-sekin pasayadi va 18 oktyabrda 21-26 darajani, shimolda 15-20 darajani, 19 oktyabrda 28-23 darajani, shimolda 13-18 darajani tashkil etadi. Havo harorati kechalari 6-11 darajagacha, shimolda 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18 oktyabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 oktyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 25-27 daraja, ertaga 23-25 daraja, yakshanba kuni 19-21 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asta-sekin 8-10 darajagacha pasayadi.
Live
Barchasi