Ertadan AQSH hukumati o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin

Olam

image

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab AQSH hukumati byudjet taqchilligi tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumki, ertaga, 1 oktyabrda Qo‘shma Shtatlar yangi moliyaviy yilni boshlaydi va agar bu sanagacha moliyalashtirish bo‘yicha kelishib olinmasa, federal hukumat yopilishi (shutdown)ga to‘g‘ri keladi.

Federal hukumat mamlakatdagi 4 million amerikalikni ish bilan ta’minlagan eng yirik ish beruvchi hisoblanadi. Ba’zi iqtisodchilar, shu jumladan Oq uyning Iqtisodiy maslahatchilar kengashi, shutdown’ning har bir haftasi iqtisodiy o‘sishni 0,1 foizdan 0,2 foizgacha kamaytirishini taxmin qilmoqda.

Respublikachilar mazkur vaziyatdan chiqish uchun Ukrainaga yordamni to‘xtatishni taklif qilmoqda. Demokratlar esa Ukrainaga 6 milliard dollar yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan vaqtinchalik byudjetni qabul qilishni taklif qilgan, bu esa mamlakat hukumatiga ishni bir yarim oyga – 17 noyabrga qadar uzaytirish imkonini beradi.

“Ukrainaga yordam berish uchun mablag‘lar hukumatning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun vaqtinchalik xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasidan chiqarib tashlanishi kerak”, deydi AQSH Kongressi Vakillar palatasidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti. 

Uning fikricha, agar Kongressda Ukrainaga yordamni o‘z ichiga olmaydigan qonun loyihasi bo‘lganida, bunday muammolar bo‘lmasdi.

“Agar Senat Amerikaga emas, Ukrainaga e’tibor qaratsa, menimcha, bu haqiqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin”, deydi Makkarti.

Uning pozitsiyasi demoktratlardan chiqqan Prezident Jo Bayden tomonidan tanqid qilindi. Bayden uni hokimiyatni saqlab qolish uchun "dahshatli kelishuvga erishganlikda" aybladi. 

“Spiker mavqeini saqlab qolish uchun konstitutsiyaviy jarayonlarga mos kelmaydigan ba’zi narsalarni qilishga ham tayyor”, deb tushuntiradi Oq uy rahbari.

Shunga qaramay, Senat va Vakillar palatasida kongressmenlarning aksariyati Ukrainani 300 million dollarga moliyalashtirish bo‘yicha alohida chorani qo‘llab-quvvatlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh shutdown

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing