Ertadan havo harorati ko‘tarila boshlaydi
Bu qiziq
−
19 aprel 2023
9624Ertaga, 20 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat janubiy hududlarda 27 darajagacha iliq bo‘ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi Matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi