Erta kelgan qish. Turkiyadagi qor bo‘roni oqibatlari suratlarda

Olam

image_2023-11-21_12-16-55

Turkiya bo‘ylab kuchli yomg‘ir va qor yog‘moqda. Shu tufayli 261 ta aholi punktining yo‘llari yopilgan, kuchli bo‘ron daraxtlarni ag‘darib yuborgan. 

Haddan tashqari yog‘ingarchilik oqibatida ko‘plab shaharlarda suv toshqinlari sodir bo‘lmoqda. Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya mamlakat bo‘ylab sel va bo‘ron 9 kishining umriga zomin bo‘lganini ma’lum qildi.

Mamlakatning ko‘plab hududlarida noqulay ob-havo sharoiti o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ali Yerlikayaga ko‘ra, Batmanda 4, Zonguldakda 3, Diyorbakirda 1 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Qoradengizda kuchli bo‘ron tufayli cho‘kib ketgan kema ekipaji a’zolaridan birining jonsiz jasadi topilishi bilan Turkiyada qurbonlar soni 9 nafarga yetdi. 

Kemada bedarak yo‘qolgan 11 nafar dengizchini qidirish ishlari davom etmoqda.

Erzurum, Ardaxan va Qarsni oppoq qor qopladi. Erzurumda 2400 metr balandlikdagi Kop tog‘ dovonida avtomobillar qorli yo‘llarda qolib ketgan. Ayni paytda avtomobillarning uzun navbatlari paydo bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya bo'ron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing