Eronning SHHTga kirishi uchun qanday shartlar bor?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

SHHT Xartiyasi va uning boshqa me’yoriy hujjatlariga ko‘ra, tashkilotga a’zo bo‘lishga nomzod davlat SHHTning maqsad va vazifalarini baham ko‘rishi, boshqa a’zo davlatlarga qarshi dushmanona harakatlarni amalga oshirmasligi kerak. Bundan tashqari, mamlakat hududi Yevroosiyo mintaqasida bo‘lishi va unga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalari qo‘llanilmagan bo‘lishi kerak. Bu haqda SHHTning O‘zbekiston bo‘yicha Milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov ma’lum qildi.

Nurimbetovning so‘zlariga ko‘ra, Eron bu mezonlarning barchasiga javob beradi va shu munosabat bilan 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan SHHTning Dushanbe sammitida ushbu davlatni Tashkilotga qabul qilish tartibini boshlashga qaror qilindi.

“Samarqand sammiti arafasida Eron tomonidan Majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandum imzolandi, bu Tehronning SHHT Nizomi va boshqa bir qator fundamental hujjatlariga qo‘shilishi zarurligini bildiradi. Umuman olganda, Eron Tashkilotning 40 dan ortiq hujjatlarini ratifikatsiya qilishi kerak. Faqatgina ushbu tartibdan so‘ng mamlakatga to‘liq a’zo maqomi beriladi.

Misol uchun, Hindiston va Pokiston memorandum imzolaganidan bir yil o‘tgach va shunga o‘xshash barcha talablarga javob berganidan keyin a’zolikka qabul qilindi. Ushbu amaliyotga asoslanib, agar Eron navbatdagi sammitgacha o‘z majburiyatlarini bajarsa, u holda 2023 yilda, ya’ni, Hindiston raisligi davrida SHHTga qabul qilinishi mumkin. Bu yerda ko‘p narsa Eron tomonining ushbu tartibni amalga oshirish sur’atiga bog‘liq”, deydi O‘zbekistonning SHHTdagi koordinatori.

Avvalroq Eron Islom Respublikasining SHHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolangani haqida xabar bergan edik. SHHT Bosh kotibi Chjan Ming bugun Eron uchun ham, tashkilot uchun ham muhim kun ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 2005 yilda Eron SHHTda kuzatuvchi davlatga aylandi. Mamlakatning tashkilotga to‘laqonli a’zoligiga kirish jarayoni 2021 yilda boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron ShHT

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing