Eronning Isroilga hujumi ortidan G7 yetakchilari shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
Olam
−
14 aprel
13617Yettilik guruhiga (G7) raislik qilayotgan Italiya Eronning Isroilga hujumini muhokama qilish uchun ushbu norasmiy uyushma rahbarlarining videokonferensiyasini chaqirdi. Bu haqda Italiya hukumatidagi manbalarga tayanib, ANSA xabar berdi.
Italiya rasmiylari Eronning harakatlarini qoraladi va bundan keyin ham keskinlashuvning oldini olishga harakat qilishiga ishontirdi.
Avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden G7 yetakchilari o‘rtasida 14 aprelga belgilangan muzokaralarni e’lon qilgan.
U ham Eronning Isroil hududiga havo hujumini qoraladi va Isroil xavfsizligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
“Men hozirgina Bosh vazir Netanyaxu bilan Amerikaning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash uchun gaplashdim. Men unga Isroil o‘zini himoya qilish va hatto misli ko‘rilmagan hujumlarga qarshi turish uchun ajoyib qobiliyatini namoyish etganini va bu o‘z dushmanlariga Isroil xavfsizligiga jiddiy tahdid sola olmasligi haqida aniq signal berganini aytdim”, deydi Bayden.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi ham Eronning Isroilga hujumi munosabati bilan bugun, 14 aprel kuni shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishi aytilgandi.
LiveBarchasi