Eronning ilmiy yuragiga zarba berildi. O‘nlab qurbonlar bor (video)
Olam
−
06 aprel 11704 2 daqiqa
Bugun, 6 aprel kuni AQSH va Isroilning Erondagi infrastrukturalarga hujumi oqibatida jami 34 kishi halok bo‘ldi. Jumladan, Eronning yetakchi ilmiy texnologik universitetlaridan biri, AQSHning Massachusets texnologiya instituti (MIT) bilan taqqoslanadigan Tehrondagi Sharif universitetiga ham zarba berilgan. Bu haqda Eron Milliy xavfsizlik xizmatiga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.
“Qum shahridagi turarjoy binosiga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, ulardan 2 nafari hali 10 yoshga ham to‘lmagan edi”, deydi Qum shahri gubernatorining siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Murtazo Haydariy.
Bundan tashqari, birgina Bahoriston okrugiga uyushtirilgan havo hujumlarida 23 kishi qurbon bo‘lgan. Ulardan 6 nafari yosh bolalar bo‘lgan.
Shuningdek, butun dunyoga “Eronning Massachusetsi” nomi bilan mashhur bo‘lgan Sharif universtitetiga ham kuchli zarbalar berilgan. Universtitet mamlakatning yirik ilmiy texnologik olimlarini tayyorlovchi yuragi hisoblangan.
Tehronagi “Al Jazeera” muxbiri Tohir Asadiyning aytishicha, universtitet ob’ektlariga jiddiy zarar yetkazilgan, majmuaning masjidi va laboratoriyalari esa butunlay portlatib yuborilgan.
“Eron fan va texnologiyalar vazirligi bizga kamida 30 ta universtitetga zarba berilganini aytdi. Hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari hali ham davom etmoqda. Qurbonlarning aniq sonlari hali ochiqlanmagan”, deydi muxbir.
Eron Milliy xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, mamlakatning o‘nlab shaharlariga, jumladan, Bandar Abbos, Ahvoz, Mahshahr, Sheroz, Isfahon va Karajga havo hujumlari uyushtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Razvedka boshqarmasi boshlig‘i Majid Xodemiy AQSH va Isroil hujumi paytida halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi