Eron razvedka boshlig‘i o‘ldirildi
Olam
−
13:40 3620 1 daqiqa
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Razvedka boshqarmasi boshlig‘i Majid Xodemiy AQSH va Isroil hujumi paytida halok bo‘ldi. Bu haqda IIQK matbuot xizmatining “Tasnim” tomonidan e’lon qilingan bayonotida so‘z boradi.
“Ushbu taniqli general qariyb yarim asr davomida islom inqilobi, tizim va vatanni halol hamda mardonavor himoya qilish yo‘lida razvedka va xavfsizlik sohasiga ulkan, uzoq muddatli va ibratli hissa qo‘shdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Xodemiy 2025 yil iyun oyida razvedka boshlig‘i etib tayinlangan. Undan oldingi rahbar – Muhammad Kozimiy ham Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lgandi. O‘sha hujum davomida Eronning yana bir necha yuqori martabali harbiylari, jumladan, IIQK qo‘mondoni Husayn Salomiy, shuningdek, yadrochi fiziklar ham halok bo‘lgan edi.
AQSH va Isroil 2026 yil 28 fevralda Eronga qarshi harbiy kampaniya boshladi. Zarbalar oqibatida, xususan, mamlakat Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy va Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Lorijoniy o‘ldirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Eron vositachilar bilan birga 45 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel