Eronning eng yirik harbiy kemasi yong‘indan keyin dengizda cho‘kib ketdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Eron Harbiy dengiz kuchlarining (HDK) Kharg ta’minot kemasi Ummon ko‘rfazida Jask bandargohining janubiy sohillarida yong‘indan keyin cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.

Eron HDK ma’lumotiga ko‘ra, harbiy kema xalqaro suvlarda o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazayotganda, unda yong‘in kelib chiqqan. 20 soat davomida yong‘inni o‘chirishga harakat qilingan. Biroq alanga kemaning turli qismlariga tarqalgan va yakunda cho‘kib ketgan.

Qayd etilishicha, kemada yong‘in boshlangach, barcha ekipaj a’zolari evakuatsiya qilinib, sohilga qaytarilgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.

“Reuters” va “Associated Press” nashrlari Kharg Eron Harbiy dengiz kuchlaridagi eng yirik kema bo‘lganini yozmoqda. U boshqa kemalar ta’minoti bilan shug‘ullangan, og‘ir yuklarni tashigan va vertolyotlar uchun uchish maydonchasi vazifasini bajargan.

Kharg Buyuk Britaniyada qurilgan va 1977 yilda suvga tushirilgan. 1984 yilda esa Eron HDK tarkibiga kiritilgan.

Largest ship in Iranian navy has caught fire and sank in the Gulf of Oman |  Fox News


Maqola muallifi

Teglar

Eron kema

Baholaganlar

199

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing