Eronning birinchi Prezidenti vafot etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 9 oktyabr kuni 1980 yilda Eron Islom Respublikasining birinchi Prezidenti etib saylangan Abulhasan Banisadr Parijda vafot etdi. Bu haqda “Euro news” nashri xabar bermoqda. 

“Islom Respublikasining birinchi prezidenti Abulhasan Banisadr 88 yoshida Parijdagi Salpetriyer shifoxonasida vafot etdi”, deyiladi agentlik xabarida. 

Biroq, xabarda Prezident o‘limining sabablariga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, 1979 yil 1 aprel kuni Eronda inqilob natijasida shox hukumati ag‘darilgan. Hokimiyat Oyatulloh Xumayni boshchiligidagi inqilobchilar qo‘liga o‘tgan. Shundan so‘ng, davlat Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilingan. Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy esa Misrga qochib ketgan.

Eron davlat boshqaruvi respublika shakliga o‘tgach, 1980 yilda Abulhasan Banisadr mamlakatning birinchi Prezidenti etib saylangan. Ammo, 1980 yilda boshlangan Eron-Iroq urushi tufayli Oyatulloh Xumayni Banisadrni harbiy harakatlarni boshqara olmaslikda ayblab, undan bosh qo‘mondonlik vakolatini olib tashlagan. 1981 yil iyul oyida esa parlament Banisadrga impichment e’lon qilgan. Keyinchalik, Xumayni Banisadrni prezidentlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan. Shundan so‘ng, Banisadr bir qator siyosatchilar bilan birga Erondan chiqib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Eron

Baholaganlar

329

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing