Eronning AQSH bazalariga hujumida 80 kishi halok bo‘ldi – OAV
Olam
−
08 yanvar 2020
21289Avvalroq, Eron AQSHning Iroqdagi ikki harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirgani haqida xabar bergan edik. Hujumdan keyin AQSH Prezidenti Donald Tramp harbiy amaldorlar bilan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi, xalqiga esa “hammasi yaxshi” deb, ularni tinchlantirdi.
Eron davlat telekanalining ma’lum qilishicha, tunda uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 80 kishi halok bo‘lgan.
"Eronning Iroqdagi amerika bazalariga hujumi natijasida 80 kishi halok bo‘ldi", deyiladi telekanalning Twitter sahifasidagi postida.
Biroq CNN telekanali Amerika va Iroqdagi manbalariga tayanib, hujum natijasida hech kim halok bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Eron Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi va Erbildagi bazaga 10 ga yaqin raketa tashlagan rasmiy Tehron aviabaza butkul vayron bo‘lganini ta’kidlagandi.
Ma’lumot uchun, Eron va AQSH munosabatlari Iroqda eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilishi ortidan norasmiy urush holatiga kelib qoldi.
Eron tashqi siyosatining bosh strategi, Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Quds” qo‘mondoni, amalda Eronda Oyatullo Ali Homanaiydan keyingi ikkinchi odam sanalgan Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Bag‘doddagi aeroport hududida amerikalik harbiylarning dron orqali bergan raketa zarbalari oqibatida halok bo‘ldi.
LiveBarchasi