Eronning harbiy kemasi boshqa bir kemani cho‘ktirib yubordi
Olam
−
11 may 2020
9941Eron qurolli kuchlarining Jamaran fregati harbiy mashg‘ulot vaqtida xatolik sabab boshqa bir harbiy kemani o‘qqa tutdi. Bu haqda AAA agentligi xabar tarqatdi.
Hodisada kema ekipajida bo‘lgan 40 nafar dengizchi halok bo‘lgan. Voqea Ummon ko‘rfazida yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, esminets Konarak harbiy-transport kemasiga qarata raketa zarbasi bergan. Shundan so‘ng kema cho‘kib ketgan.
Bundan tashqari, kemaga qarshi raketadan shikastlangan kema Choboxar portiga tortib ketilgani ham aytilmoqda. Shuningdek, hodisada 20 dan 40 gacha kishi halok bo‘lgani, o‘nlab odamlar jarohat olgani ma’lum qilinmoqda. Hozircha, Eron rasmiylari bu voqea haqida tasdiqlovchi yoki uni inkor qiluvchi rasmiy ma’lumot bermadi.
Ma’lumot o‘rnida, Jamaran fregati 2010 yilda safga kiritilgan va Eron flotida eng zamonaviy harbiy kemalardan biri hisoblanadi. U Xitoyda ishlab chiqarilgan kemalarga qarshi raketalar, torpedolar hamda boshqa qurollar bilan qurollangan. Kema ekipaji 140 kishini tashkil qiladi.
LiveBarchasi