Eronlik futbolchilar terma jamoadan qochib ketdi – OAV
Sport
−
10:30 10134 2 daqiqa
Eron ayollar futbol terma jamoasining yetti nafar futbolchisi o‘lim jazosidan qo‘rqib, jamoani tark etdi. Ulardan besh nafari hozirda Avstraliya politsiyasi himoyasida bo‘lib, allaqachon siyosiy boshpana so‘rab murojaat qildi. Bu haqda CNN Sports xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eronlik ayol futbolchilar turnirning ochilish o‘yinidan oldin davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgani uchun davlat televideniyesi boshlovchisi Muhammad Rizo Shahboziy tomonidan “urush davridagi xoinlar” deb atalgan.
Ikkinchi o‘yindan oldin esa futbolchilar salom berib, madhiyani kuylashgan. Inson huquqlari faollari jamoaga turli bosimlar o‘tkazilganini ta’kidlab, futbolchilar Eronga qaytgan taqdirda o‘lim jazosi xavfi bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.
Shundan so‘ng terma jamoasining yetti nafar futbolchisi o‘lim jazosidan qo‘rqib, jamoani tark etdi. Ulardan besh nafari hozirda Avstraliya politsiyasi himoyasida bo‘lib, allaqachon siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgan. Qolgan ikki futbolchining taqdiri esa hozircha noma’lum.
Eronlik futbolchilar uchun Osiyo kubogi yakunlandi, ular 3 ta uchrashuvda Janubiy Koreya, Avstraliya va Filippin terma jamoalariga yutqazgan holda guruh bosqichida oxirgi o‘rinni egalladi va turnir bilan xayrlashdi.
Shuningdek, Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj jamoa bilan uchrashmoqchi bo‘lgani, biroq unga viza berilmagani ham xabar qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erondagi siyosiy vaziyatlardan so‘ng mamlakat ayollar terma jamoasi Osiyo kubogi dastlabki uchrashuvida davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgan edi.
Live
Barchasi