Eronlik futbolchi “Inter” klubi a’zosiga aylandi
Sport
−
13 iyul
4181Italiyaning “Inter” klubi “Portu”ning 31 yoshli hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eronlik futbolchining Portugaliya klubi bilan shartnomasi o‘tgan mavsum oxirida yakuniga yetdi va u erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tdi.
Taremi 2018 yilda Qatar klubiga ko‘chib o‘tgunga qadar Eronning bir qator jamoalarida faoliyat yuritgan. U “Al-Garafa”da ikki mavsum o‘ynagach, Yevropaga ko‘chib o‘tdi va Portugaliyaning “Riu Ave” klubi bilan shartnoma imzoladi. Aynan o‘sha yerda “Portu” skautlari uning xizmatlariga qiziqish bildirdi va bir yildan so‘ng poytaxt klubi Taremini 4,7 million yevroga sotib oldi.
Hujumchi “Portu” libosida 182 ta o‘yin o‘tkazib, 91 ta gol urdi va 44 ta golga assistentlik qildi. O‘tgan mavsumda Taremi kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va klub bilan shartnomasini uzaytirmadi.
Mehdi Taremi Eron terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi. U 2015 yildan buyon milliy terma jamoa safida to‘p suradi va 85 o‘yinda 50 ta gol urdi.
Qayd etish joiz, Taremi “Inter” tarixidagi birinchi eronlik futbolchi bo‘ldi. Taremining shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan va uning maoshi qo‘shimcha bonuslar bilan yiliga 3 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi