Eronlik bokschi o‘limga hukm qilindi
Sport
−
18:40 4583 1 daqiqa
Eron Oliy sudi 30 yoshli bokschi va siyosiy mahbus Muhammad Javad Vafoei Sanining qayta sud qilish haqidagi iltimosini rad etdi va unga nisbatan o‘lim jazosini o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda “Iran wire” nashri xabar berdi.
Muhammad Javad Vafoei Sanining ishni qayta ko‘rib chiqish haqidagi iltimosi joriy yilning 15 dekabr kuni rad etilgan. Hozirda u Mashhaddagi Vakilobod qamoqxonasida saqlanmoqda. Sportchi sudning qarori va ishning qatl bo‘limiga yuborilgani haqida xabardor qilingan. Qamoqxona rasmiylari uning oilasi bilan bog‘lanib, ishning qatl idorasiga topshirilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, rasmiylar Vafoei Sanining onasiga shaxsan tashrif buyurishga ruxsat bergan. Qatl sanani esa hali rasman tasdiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Vafoei Sani 2020 yil mart oyida hibsga olingan va davlat mulkini yoqib, uni vayron qilganlikda hamda korrupsiyada ayblangan.
Live
Barchasi