Eronga nisbatan qurol embargosi tugadi

Olam

image

Eronga nisbatan qurol embargosi bugun, 18 oktyabrdan boshlab amal qilishdan to‘xtaydi. Shunday so‘ng, mamlakat qurol sotishi va sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida xabar berildi.

“Eronning qurol import qilishi va Erondan qurol eksport qilish, bu bilan bog‘liq faoliyat hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga nisbatan barcha cheklovlar avtomatik ravishda amal qilishdan to‘xtaydi”, deyilgan diplomatik idorada.

Shuningdek, 18 oktyabrdan bir qator eronlik harbiylar va fuqarolarga nisbatan kiritilgan taqiqlovlar amal qilishi to‘xtaydi. Endilikda ularga BMTga a’zo davlatlar hududlariga kirish yoki ular orqali o‘tishga ruxsat beriladi.

“Bugun xalqaro hamjamiyat uchun muhim kun. U AQSHning urinishlariga qaramay, BMTning 2231-sonli rezolyutsiyasini va Harakatlar dasturini himoyalay oldi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eron o‘zining harbiy ehtiyojlarini ta’minlay oladi va xorijiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj emas, degan Eron TIV rasmiy vakili Said Xatibzoda.

“Eron mudofaa sanoati ehtiyojlarining 90 foizdan ko‘prog‘ini mamlakat ichida ishlab chiqaradi va xorijdan ko‘makka muhtoj emas”, degan Xatibzoda. U mintaqadagi tinchlik va barqarorlik Eron uchun doim birinchi darajali vazifa bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, AQSH Eronga nisbatan qurol embargosini uzaytirishga harakat qildi. Ammo Buning uddasidan chiqa olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron qurol embargosi

Baholaganlar

230

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing