Eronga qarshi 7-sanksiyalar paketi e’lon qilindi

Olam

image

Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi Eron Qurolli kuchlarining elita qismi – Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK) to‘rt nafar a’zosiga inson huquqlari buzilishida ishtirok etganliklari yoki ularga yordam berganliklari uchun sanksiyalar joriy qildi. Sanksiyalar ro‘yxatining yangilangan versiyasi bugun, 24 aprel kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi va bu haqda Shvetsiyaning Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligi ham Twitter'da xabar berdi.

Aytilishicha, IIQK qo‘mondoni Muhammad Nazar Azimiy Kirmonshoh viloyatidagi namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirgani uchun, IIQKning G‘arbiy Ozarbayjon viloyatidagi bo‘limi qo‘mondoni Habib Shohsavari Mahobod va Pironshehrdagi namoyishlarni bostirgani uchun, IIQKning Markazi viloyatidagi qo‘mondoni Mohzen Karimi namoyishlarni shafqatsizlarcha bostirgani uchun va IIQK Karbalo amaliyot bazasi qo‘mondoni Ahmad Kadem Xuziston viloyatining Ize shahridagi norozilik namoyishlarini bostirgani uchun sanksiyalar ostida qolgan.

Qo‘llanilgan sanksiyalar moliyaviy aktivlarni muzlatish, shuningdek, Buyuk Britaniyaga kirishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi.

“Eron rejimi xalqning shafqatsiz qatag‘on qilinishi va butun dunyo bo‘ylab qon to‘kilishining eksporti uchun javobgardir. Shuning uchun biz Eronga jumladan, butun IIQKga qarshi 300 dan ortiq sanksiyalar kiritdik”, deydi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli.

Shvetsiyaning Yevropa Ittifoqi kengashidagi raisligi bayonotida esa YeI Eronga yana bir aniq signal yuborgani aytiladi. 

Ma’lumot uchun, YeI Eronga qarshi allaqachon oltita sanksiyalar paketini joriy qilgan. 204 kishi va 34 tashkilot Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan. Cheklov choralari Yevropadagi aktivlarni muzlatish, Yevropa Ittifoqiga kirishni taqiqlash va Yevropa bizneslarining qora ro‘yxatdagilar bilan har qanday biznes aloqalarini taqiqlashdan iborat. 
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Jozep Borrel esa Eronga qarshi yangi sanksiyalarning doimiy joriy etilishi yadroviy kelishuvni qayta tiklash harakatlariga ta’sir qilmasligi kerakligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing