Erondan Turkmaniston orqali chiqayotgan o‘zbekistonliklarga yordam beriladi
Olam
−
02 mart 2160 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali mamlakatga qaytayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Fuqarolarni “Saraxs” Turkmaniston–Eron chegara nazorat-o‘tkazish punktida kutib olish uchun elchixona xodimlari va avtomashinalari safarbar qilingan.
O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining aloqa ma’lumotlari:
+993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov;
+993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev;
+993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Yaqin Sharq yo‘nalishida rejalashtirilgan ziyorat, tijorat, dam olish hamda boshqa turdagi xorijiy tashriflarni vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha kechiktirib turish tavsiya qilgandi.
Live
Barchasi