Erondagi eng katta ko‘prik yo‘q qilindi (video)
Olam
−
03 aprel 17257 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH va Isroil kuchlari Erondagi strategik muhim ko‘prik – Tehron bilan Karaj shaharlarini bog‘lovchi B1 avtomagistralidagi ko‘prikni yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Uning aytishicha, bu ko‘prik butunlay ishdan chiqqan va endi foydalanilmaydi.
Xabarlarga ko‘ra, ko‘prikka ikki marta zarba berilgan va jiddiy shikastlangan. Alborz viloyati hokimi birinchi hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lganini, yana bir necha kishi jarohat olganini bildirgan.
Tramp Eronni tezroq kelishuvga borishga chaqirib, aks holda yana kuchli zarbalar berilishini aytgan. U agar Tehron kelishuvga rozi bo‘lmasa va Hormuz bo‘g‘ozini ochmasa, AQSH Eronning elektr stansiyalari, neft konlari va Xarg orolini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qilgan.
Shu bilan birga, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp urushni to‘xtatishga ham tayyorligini bildirgan, hatto Hormuz bo‘g‘ozi to‘liq ochilmasa ham. Biroq Tehron AQSH talablarini rad etishda davom etmoqda va o‘z sharti sifatida Hormuz bo‘g‘ozi ustidan suverenitetini tan olishni talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp murojaatida Eron bilan harbiy operatsiya deyarli barcha maqsadlarga erishgani va yana 2–3 hafta davom etishini ma’lum qilgandi. Prezidentning ta’kidlashicha, Eron allaqachon o‘zining flotidan va harbiy-havo kuchlaridan mahrum bo‘lgan.
Live
Barchasi