Eronda yana harbiy samolyot halokatga uchradi

Olam

image

Bugun, 22 yanvar kuni Eron g‘arbida harbiy qiruvchi samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu samolyot Eron Qurolli kuchlari qiruvchisi sanalgan. Shu bilan birga, samolyotni boshqarayotgan uchuvchilar havoda samolyotdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa mashg‘ulot parvozi vaqtida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga esa zudlik bilan tezkor guruhlar yetib borgan. Uchuvchilarning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

“Voqea sabablari aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda. 

Boshqa tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvarda ham Eronning Gilan viloyati Rasht shahri yaqinida o‘quv samolyoti halokatga uchragan va bortda bo‘lgan uch ekipaj a’zosi halok bo‘lgandi. O‘quv samolyoti Eron poytaxti Tehronda joylashgan Mehrobod aeroportidan Gilan viloyatiga qarab yo‘l olgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Eron samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing