Eronda talaba qizlar hijob o‘rashdan bosh tortgani uchun darsdan chetlatildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Eronda talaba qizlar hijob o‘rashdan bosh tortgani uchun universitet darslariga kiritilmadi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kamida 60 nafar talaba qiz hijob kiyishdan bosh tortgani uchun o‘qishdan chetlatilgan. Ular bilan hijob o‘rash majburiyati to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun soxta intizomiy sud majlislari o‘tkazilgan.

“Bizni hijob kiyishdan bosh tortganimiz uchun yoppasiga kampusdan haydashmoqda, so‘nggi bir necha kun ichida norozilik namoyishlarini kuzatib turganimiz uchun shafqatsizlarcha ta’qib qilishdi”, deydi talabalardan biri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, xavfsizlik kuchlari hijobsiz qizlarni sinflardan majburan olib chiqqan, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlovchi universitet professorlari ham ta’qibga uchramoqda.

Bundan tashqari, talabalar universitet xavfsizlik kuchlari yotoqxonalarda zo‘ravon reydlar o‘tkazayotganini va ularlarning ijtimoiy tarmoqlarda namoyishchilar va o‘limga mahkumlarni qo‘llab-quvvatlagan postlari uchun haydab chiqarayotganini da’vo qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron hijob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing